avatar
Куч
27563.54
Рейтинг
+9935.85

Дилшодбек Юсупов

Мақолалар

Osmonda nechta yulduz bor?

Bolalar uchun universal ensiklopediya

     Bu savolga xech kim aniq javob bera olmasa kerak. Yerdagi eng kuchli teleskoplar bilan ham yulduzlarning barchasini ko'rish mumkin emas. Barchamizning uyimiz bo'lmish Yer (yulduz ham emas!), bor-yo'g'i, kichik bir sayyora bo'lib, u o'rtacha kattalikdagi yulduz — Quyosh atrofida aylanadi. Quyosh esa o'z navbatida Somon Yo'lidagi kichik bir yulduzdan boshqa narsa emas. Bizning galaktikamizda bunday million-million yulduzlar bor. Bundan tashqari, Somon Yo'lining o'zi Koinotdagi ming-minglab galaktikalardan biridir. Ming-minglab galaktikalardan bittasi bo'lgan bizning galaktikamiz ham shu darajada bepoyonki, juda katta tezlikka ega bo'lgan yorug'lik uning bir chekkasidan ikkinchi bir chekkasiga yetib borguncha ming yillar vaqt o' tadi. Shunday ekan, biz osmondagi yulduzlar sonini xech qachon aniq hisoblab chiqa olmaymiz. Lekin savolga quyidagicha javob berish ham mumkin: yulduzlar soni shu darajada ko'pki, ularning miqdorini tasavvur ham qilib bo'lmaydi.

Yulduzlar kunduzi qayerga g'oyib bo'ladi?

Bolalar uchun universal ensiklopediya

   Yulduzlar na kechasi, na kunduzi hech qayerga g'oyib bo'lmaydi. Quyosh nuri yulduzlarnikidan bir necha barobar kuchli bo'lgani uchun ham na Oy va na yulduzlarni biz kunduzi ko'ra olmaymiz. Quyoshning bizga yaqinligi yulduzlarni kunduzi ilg'ashimizga imkon bermaydi.


   Osmonni Quyosh botayetganda kuzatish juda maroqli: qani, qaysi yulduz birinchi bo'lib paydo bo'lar ekan? Tun qorong'isidagi eng yorqin yulduzlar aynan Quyosh botgandan so'ng ilk paydo bo'lganlari ekanini ilg'ab olish qiyin emas.

Eng yorqin yulduz qaysi?

Bolalar uchun universal ensiklopediya

     Biror marta osmondan eng yorqin yulduzni topishga urinib ko'rganmisiz? Osmondagi yulduzlar ko'zingizga son-sanoqsizday ko'ringan bo'lsa ajab emas. Lekin teleskopsiz 6000 ga yaqin yulduzni ko'rish mumkin, ulardan 1500 tasi Janubiy yarim shar ustida bo'lib, Shimoliy yarim shardan ko'rinmaydi.


     Bundan 2000 yil oldinoq yunon munajjimlari yulduzlarni yorqinligiga qarab kattalikka va sinflarga ajratishgan. Teleskop paydo bo'lishidan oldin yulduzlarning olti kattaligi yoki sinfi mavjud edi. Birinchi kattalikdagi yulduzlar eng yorqinlari, oltinchi kattalikdagilari esa eng xiralari edi. Oltinchi kattalikdagi yulduzlardan kichiklarini teleskopsiz ko'rib bo'lmaydi. Bugungi kunda zamonaviy teleskoplar 21-kattalikdagi yulduzni ham suratga olish imkonini beradi.


    Bir kattalikdagi yulduzning yorqinligi undan oldingi kattalikdagi yulduz yorqinligidan 2,5 barobar kamdir. Birinchi kattalikdagi yulduzlar soni 22 tadir, ulardan eng yorqini Sirius bo'lib, u 1,5 kattalikka ega. Ushbu yulduz oddiy ko'z bilan ko'rish mumkin bo'lgan eng kichik yulduzdan 1000 martadan oshiqroq darajada yorqindir.


   Yulduzlarning kattaligi yoki sinfi qanchalik past bo'lgani sari ularning miqdori shunchalik ko'pdir. Agar birinchi kattalikdagi yulduzlar soni, bor-yo'g'i, 22 ta bo'lsa, 20-kattalikdagi yulduzlar soni milliardga yaqin.

Yulduzlarning yorqinligi qanday farqlanadi?

Bolalar uchun universal ensiklopediya

    Osmonga boqqanimizda, biz yulduzlarni bir-biridan unchalik farqlay olmaymiz. Faqat ayrimlari kattaroq va boshqalariga nisbatan yorqinroq ko'rinadi, xolos. Aslida esa ular bir-biridan keskin farq qiladi, ular o'rtasidagi tafovut nihoyatda kattadir.


    Agar yulduzlarni spektrlariga ko'ra guruhlarga ajratadigan bo'lsak, ko'kdan tortib qizilgacha bo'lgan yulduzlar qatori vujudga keladi.


    Ko'k yulduzlar eng issiq va yorqindir. Ular yuzasidagi temperatura Selsiy shkalasi buyicha 400 000 darajani tashkil etadi. Quyosh yuzasidagi temperatura esa Selsiy shkalasi bo'yicha, taxminan, 6000 darajadir. Eng sovuq yulduzlar qizil tusda bo'ladi. Ularning temperaturasi — Selsiy shkalasi bo'yicha 2500 daraja atrofida, ularning yorug'ligi ko'k, oq yoki sariq yulduzlarniki singari yorqin emas. Shuningdek, ko'plab butunlay o'ziga xos yulduzlar ham bor: ular sirasiga qora o'pqon deb atalmish neyron yulduzlarni va hokozolar kiritish mumkin. Qora o'pqonlar mutlaqo o'zidan yorug'lik chiqarmaydi.



    Yulduzlarni yorqinligiga qarab bir-biridan ajratish uchun qadimgi yunon olimi Gipparx muomalaga kiritgan yulduz kattaligi degan tushuncha bor. Aynan yorqin nur taratuvchi yulduzlar bir xil kattalikka mansubdir. Birinchi kattalikdagi yulduzlar eng yorqin yulduzlar hisoblanadi. Ular ikkinchi kattalikdagi yulduzlardan 2,5 barobar, ikkinchi kattalikdagi yulduzlar esa uchinchi kattalikdagi yulduzlardan 2,5 barobar yorqinroqdir va hokozolar. Oddiy ko'z bilan 1—6 kattalikdagi yulduzlarni ko'rish mumkin, lekin ularning miqdori yulduzlarning jami miqdori bilan taqqoslaganda, juda ozdir. Shuni ham unutmaslik kerakki, yulduz kattaligi yoki ko'z ilg'aydigan yulduz kattaligi ularning yorqinligini ham, xaqiqiy o'lchamlarini ham bildirmaydi, aksincha, ularni Birdan kuzatayotgan odam ko'z o'ngidagi yorqinlikni anglatadi, xolos.

Nega yulduzlar o'zidan yorug'lik chiqaradi?

Bolalar uchun universal ensiklopediya

    Yulduzlar, nurini o'zida aks ettiradigan va shu tufayligina yorug' bo'lib ko'rinadigan sayyoralar va ularning yo'ldoshlaridan farqli o'laroq,o'zidan nur tarqatadigan katta gaz sharlaridir. Masalan, Oy shu'lasi Quyosh nurining aksidan boshqa narsa emas. Yana bir farq shundaki, bizga yulduzlar miltillayotganga o'xshab ko'rinadi, ammo sayeralar yorug'ligi miltillamaydi. Yulduzlar miltillashiga sabab bo'lgan narsa Yer atmosferasida turli moddalarning mavjudligidir.


    Quyosh ham, unchalik katta yoki yorqin bo'lmasada, yulduzdir. Boshqa yulduzlar bilan taqqoslaganda, u o'rtacha kattalikdadir. Millionlab yulduzlar Quyoshdan kichik bo'lishi barobarida yana shunchasi undan ancha kattadir. Shunday yulduzlar ham borki, ular Quyosh o'rnida bo'lganida Yer, Mars, xatto, Yupiter orbitasini ham o' z ichiga qamrab olishi mumkin edi. Ammo ular bizdan juda olisda joylashgani uchun ko'zimizga kichik bir nuqta bo'lib ko'rinadi.


     Qadimgi yunon munajjimlari zamonidan beri yulduzlar kattaligiga qarab, bir necha guruhlarga bo'linadi. «Kattalik» deganda, yulduzlarning katta-kichikligi emas, aksincha, ularning yorqinligi ko'zda tutiladi. Bundan tashqari, yulduzlar o'z spektrlariga ko'ra ham, boshqacha aytganda, o'z yorug'lik tulqinlari uzunligi bilan ham bir-biridan farq qiladi. Munajjimlar u yoki bu yulduzning spektrini urganayotganda, o'sha yulduzning o'ziga xos xususiyati, temperaturasi va hatto kimyoviy tarkibi to'g'risida ham qimmatli ma'lumotlar yig'ishadi.

Yulduzlar qanday paydo bo'lgan?

Bolalar uchun universal ensiklopediya

    Avvalo, yulduzlarning o'zi nima? Yulduz cho'g' bo'lib qizigan gazlardan iborat katta shardir. Yulduzlar tarkibida katta miqdordagi vodorod bor va u asosiy energiya manbaidir. Yulduzlar tarkibida, shuningdek, geliy, azot, kislorod, temir, nikel va rux kabi boshqa kimyoviy elementlar ham bor. Yulduzlarning barcha elementlari gazsimon holatdadir.


    Yulduzlar chang va gazlarning koinot bo'ylab harakat qilayotgan zich bulutlaridan hosil bo'ladi. O'sha bulutning ichidagi behisob gazsimon zarralar bir yerga to'plana borishi natijasida yulduz hosil bo'ladi. Aylanayotgan zarralar o'ziga boshqalarini ham birlashtirib oladi, u asta-sekin kattalasha boradi va tortish kuchi ham o'sadi. Zarralar katta gaz sharini tashkil qiladi.


    Shar kattalashgani sayin zichlashadi va uning ichidagi bosim orta boradi. Nihoyat, bosim shunday bir darajaga yetib, gazning temperaturasi ko'tariladi va o'zidan yorug'lik chiqara boshlaydi. Sharning ichidagi bosim va temperatura juda yuqori darajaga yetgandan so'ng termoyadro reaksiyalari yuz bera boshlaydi. Gazlar yulduzlarga aylanadi. Buning uchun qancha vaqt kerak bo'ladi? Millionlab yillar kerak bo'lsa ajab emas.


    Agar yulduz hosil bo'lishi uchun katta miqdordagi modda bir joyga yig'ilsa, o'sha yulduz katta, yorqin va issiq bo'ladi. Agar u issiq yulduz bo'lsa, uning termoyadro yonilg'isi 100 000 000 yil yorug'lik chiqarishiga yetadi.   Agar yulduz oz miqdordagi moddadan hosil bo'lsa, u kichik, xira va sovuq bo'ladi. Uning yonilg'isi juda sekinlik bilan yona boradi va u milliardlab yillar yorug'lik taratishi mumkin.


    Bizning Quyosh o'rtacha kattalikdagi yulduzdir. U Yerga nisbatan 1 300 000 marta kattadir.

Tumanlik nima?

Bolalar uchun universal ensiklopediya

    Agar kitoblarda katta spiral, girdob va bulut ko'rinishidagi tasvirlarga ko'zingiz tushgan bo'lsa, shunga o'xshash manzarani osmonda ham ko'raman, deb ovora bo'lib yurmang. Aksariyat tumanliklarni teleskop yordamisiz ko'rib bo'lmaydi. «Tumanlik» so'zining paydo bo'lishiga sabab munajjimlar avvallari zaif teleskoplar bilan osmonni kuzatishganda, ularning ko'ziga olisdagi g'uj-g'uj yulduzlar yoki chang va gazlar tumanli dog'lar bo'lib ko'ringan.


    Tumanlik ikki xil bo'ladi: galaktika tumanligi, galaktikalardan tashqaridagi tumanlik. Galaktika tumanligini bizning galaktikamizda (Somon Yo'li) ham ko'rish mumkin. Ular chang va gazdan iborat. Galaktikalardan tashqaridagi tumanliklar bizning galaktikamizdan tashqarida joylashgan. Ular, asosan, yulduzlardan iborat.


    2 mingga yetar-yetmas galaktika tumanliklari bor. Demak, sizu bizga ma'lum bo'lgan tumanliklarning aksariyati bizning galaktikamizdan tashqarida joylashgan.


Ularning miqdori qancha? Somon Yo'lidan tashqaridagi fazoda millionlab tumanliklar bo'lishi mumkin.


    Galaktikalardan tashqaridagi tumanliklar «koinot orolchalari» yoki «galaktikalar» deb ataladi. Buning ma'nosi shuki, agar kimdir bizning galaktikamizni ham o'sha tomonlardan kuzatsa, u ham tumanlikka o'xshab ko'ringan bo'lur edi.


    Galaktikalardan tashqaridagi tumanliklar turli xil ko'rinishlarga ega. Ba'zilari — noto'g'ri yoki ellips shaklida. Ularning aksariyat ko'pchiligi spiralsimon tumanliklardir. Bizning galaktikamizga o'xshash spiralsimon galaktikalar ko'plab yulduzlar, katta gaz bulutlari va chang bilan to'lgan bepoyon mintaqalardan iborat. Odatda, tumanlikning yadrosi bo'ladi va undan spiral shaklidagi syuxlar atrofga tarqaladi. Andromeda tumanligi Yerga eng yaqin, eng bepoyon va eng yorqin tumanlikdir. U bizning Quyoshga nisbatan 1 500 000 000 marta ko'p yorug'lik ajratib chiqaradi!

Nechta galaktika bor?

Bolalar uchun universal ensiklopediya

    Butun Koinot bo'ylab sochilib ketgan yulduzlar g'uj-g'uj to'plangan yerlar galaktika deb ataladi. Bizning Quyosh esa Somon Yo'li galaktikasidagi yulduzdir. Ushbu galaktikada ham milliardlab yulduzlar bor. Yorug'lik galaktikamizning bir burchidan ikkinchi bir burchiga yetib borishi uchun, taxminan, yuz ming yil kerak bo'ladi. (yorug'lik bir yilda 9 500 000 000 000 kilometr masofani bosib o'tadi!)


    Munajjimlar teleskoplar yordamida bizning galaktikamizdan boshqa yana millionlab galaktikalar borligini aniqlashgan. Bizga ma'lum galaktikalarning 3 turi ma'lum. Somon Yo'li kabi spiral ko'rinishiga ega bo'lgan galaktikalar spiralsimon galaktikalar deb ataladi. Ularning eng yaqini, taxminan, Yerdan ikki million yorug'lik yili uzoqlikda joylashgan. Bu Andromeda burjidagi katta spiralsimon galaktikadir.


    Kuzatiladigan eng yorqin galaktikalarning 17 foizga yaqinini ellipssimon galaktikalar tashkil etadi (ellips cho'zinchoq aylanadi, ya'ni tuxumga o'xshaydi). Bunday galaktikalar, asosan, yulduzlardan tashkil topgandir. Ularda gaz va changlar oz miqdorda bo'lishi yoki, umuman, bo'lmasligi ham mumkin. Ba'zi galaktikalar noto'g'ri galaktikalar deb ataladi, chunki ularning muayyan shakli yo'q. Bunday galaktikalar yulduzlardan, chang va gazlardan tashkil topgandir. Somon Yo'liga eng yaqin ikki galaktika noto'g'ri galaktikalar turkumiga mansub.


    Shu bilan bir qatorda, bir nechta kichik galaktikalar ham mavjud, ular «mittivoylar» deb ataladi. Ulardan eng kichiklarining o'lchami bir necha yuz yorug'lik yiliga teng bo'lib, bir necha ming yulduzlardan tashkil topgan.


    Koinotda katta galaktikalarga nisbatan « mittivoylar» ko'p bo'lishi ehtimoldan xoli emas.


    Galaktikalar bir-biridan yuz minglab yoruglik yili uzoqda joylashgan. Ular, odatda, guruh-guruh yoki klasterlar holida mavjuddir. Guruh yoki klasterlar bir necha o'ndan tortib ko'p ming galaktikalardan iborat.


    Kuzatish mumkin bo'lgan eng uzoq klasterlar bizning Somon Yo'li galaktikamizdan trillionlab yorug'lik yili olisda joylashgan.


    Yerdan shu darajada uzoq galaktikalar borki, ulargacha bo'lgan masofani tasavvur qilishning o'zi nihoyatda qiyin. Shuning uchun ham: «Koinotda nechta galaktika bor?» degan savol jumboqligicha qolaveradi.

Koinot cheksizmi?

Bolalar uchun universal ensiklopediya

    Odamzot Koinotning haqiqiy o'lchamlarini tasavvur qilishi qiyin. Biz uning nechog'li katta ekanini bilmaymiz, binobarin, qanchalik masofaga cho'zilib ketganini tasavvur qilishimiz ham qiyin.


Agar biz Yerdan uzoqlasha boshlasak, buning sababini anglab yetamiz. Yer — Quyosh sistemasining kichik bir zarrasi. Quyosh sistemasiga uning atrofida aylanadigan sayyoralar, kichik sayyoralardan iborat asteroidlar va meteorlar kiradi.


    Bizning butun Quyosh sistemamiz o'z navbatida «galaktika» deb ataluvchi boshqa bir katta sistemaning kichik qismidir. Galaktika million-million yulduzlardan tashkil topgan bo'lib, o'sha yulduzlarning ko'pchiligi bizning Quyoshimizdan ancha kattadir va o'z quyosh sistemalariga ega.


    Shunday qilib, biz Somon yo'li deb ataydigan va kechalari kuzatadigan galaktikadagi yulduzlarning barchasi «quyoshlar»dir. Ularning o'rtasidagi masofa kilometrlar bilan emas,yoruglik yillari bilan o'lchanadi. Yorug'lik bir yil davomida 9 500 000 000 000 km masofani bosib utadi. Bizga eng yaqin va yorqin yulduz bo'lmish Sentavr Alfasi Yerdan 46 000 000 000 000 km uzoqlikda joylashgan. O'znavbatida bizning galaktikamiz ham undan-da kattaroq sistemaning kichik bir bo'lagidir.


    Bundan boshqa yana millionlab galaktikalar mavjud bo'lib, ulardan eng yaqini bilan bizning galaktikamiz o'rtasidagi masofa 2 000 000, eng uzog'i bilan bizning galaktikamiz o'rtasidagi masofa esa trillionlab yorug'lik yillariga tengdir. Bularning barchasi bizga ma'lum bo'lgan Koinotning faqat bir bo'lagidir. Haqiqatda esa uning o'lchamlari bundan ham katta bo'lishi mumkin!


    Munajjimlarning fikri ham shunday. Asosiy muammo Koinotning aynan qanchalik katta ekanini bilishdadir.


Olimlar bu savolga javob topishga harakat qilganda, fazoning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olishlariga to'g'ri keladi. Zamonaviy nazariyalarga ko'ra, fazo o'z atrofida egila boradi. Buning ma'nosi shuki, fazoning «tashqarisi»ga chiqish mumkin emas, chunki siz ma'lum bir chiziq bo'ylab oldinga qanchalik harakat qilmang, u, baribir, egilib, fazo «ichida» qolib ketaveradi.


    Uning qanday yuz berishini quyidagi misol yordamida tushuntirish mumkin. Moskvadan Vladivostokka ma'lum bir balandlikda uchayotgan samolyot Yerning egik yuzasini takrorlovchi yoy shaklini hosil qiladi. Agar u to'g'ri chiziq bo'ylab uchganda edi, manzilga yetadigan masofani bosib o'tganida bir necha ming kilometr balandlikka chiqib ketgan bo'lardi.


    Munajjimlarning fikricha, fazodagi har qanday harakat xuddi shu holatda sodir bo'ladi, yagona farqi shundaki, fazoning egilishi o'ta murakkab hodisadir. Uni biror surat yoki model yordamida tasvirlab bo'lmaydi, faqat oliy matematika qonunlari yordamida hisoblab chiqish mumkin.

Koinot nima?

Bolalar uchun universal ensiklopediya

    Bizni o'rab turgan butun moddiy dunyo, shuningdek, Yerdan tashqarida bo'lgan kosmik fazo, sayyoralar va yulduzlar Koinotni tashkil qiladi. O'z hayoti davomida turli shakllarga kiradigan materiyaning boshi ham, adog'i ham yo'q.


    Ko'pchilik munajjimlar, Koinot bundan 15 000 mlrd. yil muqaddam sodir bo'lgan kuchli portlash natijasida vujudga kelgan, deb hisoblaydi. Olimlar «Katta Zarba» deb ataydigan bu kuchli portlash qaynoq gazlarni turli tomonlarga haydab yubordi va, nihoyat, o'sha gazlardan galaktikalar, yulduzlar va sayyoralar tashkil topdi.


    Koinotning chek-chegarasi bo'lmasa kerak. Boz ustiga, u tobora kengaymoqda, ya'ni uni tashkil etuvchi galaktikalar, yulduzlar va quyosh sistemalari o'z o'rnini o'zgartirib, barcha yo'nalishlar bo'yicha markazidan uzoqlashib bormoqda. Hatto eng zamonaviy astronomik vositalarning ham butun Koinotni qamrab olishga kuchi yetmaydi. Vaholonki, ular bizdan 2 milliard yorug'lik uzoqligida bo'lgan yulduzlar nurini ham ilg'ash quvvatiga ega. Balkim, o'sha yulduzlar so'nib ketgan bo'lishi mumkin, lekin teleskop ularni ko'radi (sababi, ularning shu'lasi Yerga yetib kelgunga qadar milliardlab yillar o'tadi).


    Koinotning kattaligi qancha? U shu darajada kattaki, munajjimlar uning ko'lamini yorug'lik yillari bilan o'lchashga majbur bo'lishadi. Yoruglik yili yorug'lik bir yil davomida bosib o'tadigan masofani anglatadi. Yorug'lik sekundiga 300 000 (186 000 mil) kilometr tezlik bilan harakat qiladi. Shunga asosan, bir yorug'lik yili 9 500 000 mln. km.ga teng.

Materiya nima?

Bolalar uchun universal ensiklopediya

    Koinotning istalgan yerida ma'lum bir fazoni egallagan narsa materiya deb ataladi. Materiyaning Qattiq, suyuq va gazsimon uchta xolati mavjud.


    Materiya, shuningdek,organik va noorganik turlarga bo'linadi. O'simliklar, hayvonlar va odamlar tirik materiya namunalaridir. O'tin, paxta va jundan tayyorlangan kiyimlar, grechixa yormasi ham tirik materiyaga tegishli, chunki ular ham bir vaqtlar qandaydir tirik mavjudotning qismi bo'lgan. Temir, mis, oyna, suv, havo va hokozolar, noorganik materiyaga misol bo'la oladi.


Materiyaning barcha turlari, xolati yoki shaklidan qati nazar, atomlardan tashkil topgan. Atomlar tarkibi esa markaziy yadro va uning atrofida aylanuvchi elektronlardan iborat. Elektronlar doimo xqrakatda bo'lgan kichik elektr zarralaridir. Atomlar, odamlar uning o'lchamlarini tasavvur qila olmaydigan darajada kichik bo'lsa-da, yadro va elektronlar o'rtasida sezilarli bo'shliq mavjud. Ushbu bo'shliq atom tashkil topgan zarralarning umumiy hajmidan ancha kattadir. Demak, materiya, asosan, bo'shliqdan tashkil topgan! U odammi yoki g'ishtli devormi, buning ahamiyati yo'q. Agar sizning tanangizdan barcha bo'shliqlar chiqarib tashlanib, faqat qattiq asosgina qoldirilsa, siz ushoqdekkina tabletka darajasida kichrayib qolasiz.


     Agar barcha atomlar bir xil bo'lganida edi, materiya butun dunyoda faqat bir xil ko'rinishga ega bo'lar edi. Biroq ular yuzdan oshiq ko'rinishga egadir, ularning har biri alohida holda materiyaning eng oddiy ko'rinishi — elementni tashkil etadi. Oltin, temir, yod, kislorod, mis sof ko'rinishda alohida elementlardan iboratdir.


     Turli atomlarning kombinatsiyasidan tashkil topgan va bir-biri bilan mustahkam bog'langan materiya modda deb ataladi. Moddaning eng kichik zarrasi molekula deb ataladi. Atom va molekulalar bir-biriga qanchalik yaqin joylashsa, materiya shunchalik «zich» bo'ladi. Materiya qanchalik zich bo'lsa, shunchalik og'ir bo'ladi, shuning uchun ham oltin yog'ochdan og'irroqdir.


    Materiya bir (qattiq, suyuq yoki gazsimon) xolatdan ikkinchi xolatga o'tishi mumkin. Uni butunlay yo'q qilib bo'lmaydi, ammo energiyaga aylantirish mumkin.

Аддитивность

Словарь школьной терминологии

Аддитивность — свойство некоторых физических величин, состоящее в том, что значение величины, соответствующее целому объекту, равно сумме значений величин, соответствующих его частям при любом разбиении объекта. А. обладают: масса, энергия и др.

Агрегатные состояния вещества

Словарь школьной терминологии

Агрегатные состояния вещества — состояния одного и того же вещества, отличающиеся характером теплового движения частиц. Обычно различают 3 А.с.в.: газ, жидкость и твердое тело; иногда сюда относят и плазменное состояние. Вещество в любом А.с. существует при определенных внешних условиях (температура, давление), изменение которых приводит к скачкообразному переходу из одного А.с. в другое.

Автоколебания

Словарь школьной терминологии

Автоколебания — незатухающие колебания физической системы, которые поддерживаются источником энергии, находящимся в самой системе. Амплитуда и период А.К. определяются свойствами системы.

Авогадро закон

Словарь школьной терминологии

Авогадро закон — один из основных законов идеальных газов: в равных объемах различных газов при одинаковой температуре и давлении содержится одинаковое число молекул. Открыт в 1811 году итал. физиком А.Авогадро(1776-1856).

Абсолютный нуль

Словарь школьной терминологии

Абсолютный нуль — начало отсчета абсолютной температуры; находится на 273.16 К ниже температуры тройной точки воды, для которой принято значение 0.01оС. При А.н. прекращается поступательное и вращательное движение атомов и молекул, но они находятся не в покое, а в состоянии «нулевых» колебаний. Из законов термодинамики следует, что А.н. практически недостижим.

Абсолютно черное тело

Словарь школьной терминологии

Абсолютно черное тело — тело, которое при любой температуре полностью поглощает все падающее на него электромагнитное излучение независимо от спектрального состава. Излучение абсолютно черного тела определяется только его абсолютной температурой и не зависит от свойств вещества, из которого оно состоит.

Абсолютная температура

Словарь школьной терминологии

Абсолютная температура — температура, измеряемая по абсолютной термодинамической шкале, не зависящей от свойств термометрического вещества. Отсчитывается от абсолютного нуля. Единицей абсолютной температуры в системе СИ является Кельвин (градус Кельвина).