Multimedia vositalari
Информационные технологииMultimedia vositalari o‘qitish jarayonida foydalanish o‘qitishning sifati va samarasini oshirib o‘rgatishning eng qulay usullaridan biri hisoblanadi. Multimedia vositalari bilan olib borilgan saboq o‘quvchining darsga bo‘lgan qiziqishini va bilim olish saviyasini oshiradi.
Multimedia — bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari axborotning an’anaviy va noan’anaviy turlari asosida o‘quv materiallarini tinglovchilarga yetkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko‘rinishidir. Multimedia hozirda juda tez rivojlanayotgan zamonaviy axborot texnologiyasi bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- an’anaviy axborot turlari: matn, jadval, turli xil bezaklar va original axborot turlari (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya ko‘rinishidagi axborot turlari);
- video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessorning harakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining o‘tkazish qobiliyati, tezkor video-xotira, katta sig‘imli tashqi xotira, hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo‘yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirish talab etiladi;
- „inson – kompyuter — inson“ interaktiv muloqotining yangi darajasining taminlanishi, muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladi.